O‘zbekiston | 15:20 / 15.01.2024
3236
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida poyezd vagonlaridan birining yoritish chiroqlari o‘chib qoldi

Foto: Videodan kadr

Toshkent metropoliteni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan poyezd vagonlarining birida yoritish qurilmalari o‘chib qolgani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 15 yanvar kuni soat 11:51 lar atrofida «Do‘stlik» bekatidan harakatlanayotgan 42-sonli harakat tarkibining 4-vagonidagi elektr bilan ta’minlovchi himoya avtomatida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning natijasida vagonning asosiy yoritish chiroqlari o‘chib qolgan.

Harakat tarkibi so‘nggi bekatga borganidan so‘ng, mashinist tomonidan kerakli choralar ko‘rilgan va yoritish tizimi qayta tiklangan.

«Bu holat poyezdlar harakatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid