O‘zbekiston | 09:39 / 16.01.2024
17935
1 daqiqa o‘qiladi

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov vafot etdi

Foto: SSP

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov 66 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda SSP xabar berdi.

Islom Jasimov 1957 yil 24 martda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan, 1982 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 

U 1986-2017 yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan.

2017 yilda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2017 yildan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Islom Jasimov 1993 yilda «O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i», 2001 yilda «Shuhrat» medali va 2017 yilda «Do‘stlik» ordeni davlat mukofotlari hamda 2020 yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun «MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi» medali bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid