Toşkentdagi “Hilton” mehmonxonasida bölib ötgan oçiq muloqotda mehnat migratsiyasi, turizm, eksport-import masalalari, xususan, sertifikatlaş, standartlar, logistika, bojxona va viza oliş bilan boğliq muammolar tadbir kun tartibi markazida böldi. Tadbirda mahalliy tadbirkorlar 60 dan ortiq xorijiy davlatda faoliyat yuritayotgan elçilar bilan bevosita uçraşib, amaliyotda duç kelayotgan masalalarni muhokama qildi.
Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan taşkil etilgan uçraşuv tört soatdan ortiq davom etdi. Bu vaqt içida tadbirkorlar öz loyihalari, eksport rejalari va investitsiyaga oid savollarini elçilarga töğridan töğri yölladi. Tadbirda 12 soha böyiça 300 dan ortiq tadbirkorlar jamlandi.
“Prezidentning elçilar bilan bölib ötgan uçraşuvida eksportni 40 milliard dollar, turizm oqimini esa 20 millionga yetkaziş, şuningdek, migratsiya masalalari kötarilgandi. Bularning barçasini realizatsiya qilişda, albatta, elçilarning yordami kerak. Şuning uçun biz ular bilan tadbirkorlarni boğlaydigan platforma taşkil etdik. Mutaxassis sifatida ta’kidlaş mumkinki, elçilar va tadbirkorlar örtasidagi töğridan töğri muloqot juda muhim. Bu tadbirkorlarga öz mahsulotlarini xorijiy bozorga taniştiriş va eksportni rejalaştirişga kömak beradi. 2026 yilga möljallagan rejalarimizga köra, yengil sanoatga 4 milliard, elektrotexnikaga 3 milliard va oziq-ovqat mahsulotlariga 5 milliard dollar ajratiladi. Mahsulot turlariga qarab hozirda qaysi davlatlarda qanday eksport imkoniyatlari mavjudligini aniqlayapmiz. Umumiy hisobda 10 dan ortiq soha böyiça işlar olib borilmoqda”, – deydi savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov.
Muhokamalar davomida eksport-import faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar tomonidan törtta asosiy taklif ilgari surildi. Birinçisi, xorijiy bozorlarda talab yuqori bölgan yönalişlar böyiça iste’molçilar va hamkorlar haqidagi ma’lumotlarni jamlagan yagona baza işlab çiqiş. Bu tadbirkorlarga bozorni tez va aniq örganiş, qaysi mahsulotga talab yuqori ekanini oldindan biliş, risklarni kamaytiriş va yangi xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantiriş imkonini beradi.
Ikkinçisi, elçixonalar orqali eksport uçun zarur sertifikatlar, hujjatlar va rasmiylaştiriş tartiblarini qamrab olgan yagona axborot platformasini şakllantiriş. Bunday platforma tadbirkorlarga eksport jarayonini soddalaştiriş, xatoliklarni kamaytiriş va mahsulotni tegişli standartlarga moslaştirişda asqatadi.
“Masalan, Özbekistonning agromahsulot eksport qiluvçi kompaniyalari Italiyaga tovar yetkazib beriş jarayonida qaysi sanitariya sertifikati va bojxona deklaratsiyasini tayyorlaş kerakligini oldindan bilib, mahsulot çegarada töxtab qolişining oldini oldi. Yana bir misol, boşqa tadbirkorimiz oziq-ovqat mahsulotlarini Polşa bozoriga çiqarişda onlayn platforma orqali qanday standart talablar va sertifikatlar talab etilişini töliq aniqlagan, natijada kompaniya mahsulotni bir neça marta qayta rasmiylaştirişdan qutulgan. Şu tarzda, yagona axborot bazasi tadbirkorlarga eksport jarayonida vaqt va resurslarni tejaş, xatoliklarni kamaytiriş va yangi bozorlarga muvaffaqiyatli kirişga yordam beradi”,















