O‘zbekiston | 11:00 / 17.01.2024
1830
2 daqiqa o‘qiladi

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar hal etish tartibi e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik sohasida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Qaror loyihasi bilan shaharsozlik sohasida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar idoralararo komissiya hal etishi choralari ko‘riladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning shaharsozlik sohasiga oid shikoyatlarini ko‘rib chiqiladi.

Shikoyatlarni ko‘rib chiqishda murojaat etuvchilarning teng huquqliligi, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qo‘llash amaliyoti bir xilligi prinsiplariga qat’iy rioya qilinadi.

Qaror jismoniy va yuridik shaxslarning shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar hal etish to‘g‘risidagi ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya ish tartibini belgilaydi.

U jismoniy va yuridik shaxslarning shaharsozlik sohasidagi arizalari va shikoyatlarini nizom va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq ko‘rib chiqadi. Shaharsozlik sohasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish choralarini ko‘radi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar hal etish to‘g‘risidagi ariza va shikoyatlari komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun to‘lovlar undirilmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid