O‘zbekiston | 19:06 / 24.01.2024
9036
4 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Xitoy delegatsiyalari o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi
O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.
Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping Qo‘shma bayonot imzoladilar.
Unda tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorlikni turli sohalarda har tomonlama mustahkamlash hamda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni mazmun jihatidan boyitishga intilishi tasdiqlangan.
Yetakchilar huzurida quyidagilar imzolandi:
- O‘zbekiston Respublikasi hukumati va XXR hukumati o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi hukumati va XXR hukumati o‘rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi hukumati va XXR hukumati o‘rtasida inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi hukumati va XXR hukumati o‘rtasida davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va XXR Ta’lim vazirligi o‘rtasida xitoy tilini o‘qitish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va XXR Bojxona bosh boshqarmasi o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga no‘xat eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to‘g‘risida bayonnoma;
- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va XXR Islohotlar va rivojlanish davlat qo‘mitasi o‘rtasida Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa temiryo‘l ekspresslari bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida bayonnoma;
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va XXR Tijorat vazirligi o‘rtasida yangi elektr transport vositalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma;
- O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va XXR Qishloq xo‘jaligi va qishloq masalalari vazirligi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida ahdlashuv bayonnomasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va XXR Fan va texnologiyalar vazirligi o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida hamkorlik bayonnomasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Texnik tartibga solish agentligi va XXR Standartlashtirish ma’muriyati o‘rtasida standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoy fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi o‘rtasida «Havo ipak yo‘li»ni birgalikda barpo etish to‘g‘risida kelishuv;
- O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi va XXR Madaniyat va turizm vazirligi o‘rtasida 2024-2026 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik rejasi;
- Toshkent viloyati va Shensi muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
- Samarqand va Tsindao shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim va boshqalar.
Mavzuga oid
22:37 / 23.11.2024
Politico: Xitoy iqlim siyosati poygasida AQSh va YeIdan o‘zib ketdi
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
21:37 / 20.11.2024