Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev OIIB prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik tadbirlari doirasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bosh qarorgohiga tashrif buyurib, bank prezidenti Tszin Litsyun bilan muzokara o‘tkazdi.

Ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Keyingi yillarda bank bilan hamkorlik misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarildi. Qo‘shma loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshdi. 2023 yilning o‘zida jalb qilingan investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarga yetdi.
Energetika, suv ta’minoti, avtomobil va temiryo‘llarni rekonstruksiya qilish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbari strategik xomashyoni chuqur qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi.
Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 2026 yilgacha mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi qabul qilindi.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik muhim infratuzilmaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bank boshqaruvchilari kengashining joriy yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lajak yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.



Mavzuga oid
23:16 / 10.04.2026
Dunyodagi eng baland osmono‘par binolardan biri 18 yillik tanaffusdan so‘ng qurib bitkaziladi
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
07:45 / 09.04.2026