O‘zbekiston | 07:28 / 25.01.2024
8885
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga bordi

Bugun davlat rahbari O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etadi, XXR yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Pekin shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga keldi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kutib oldi.

Bugun, 25 yanvar kuni davlat rahbari O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etadi, XXR yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Shenchjen – Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri hamda Guandun muzofotidagi maxsus iqtisodiy hududdir. Texnologiyalar, tadqiqotlar, ishlab chiqarish, biznes va iqtisodiyot, turizm va transport borasida global markazlardan biri, konteynerli yuklar bilan ishlash quvvati bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi dengiz portidir.

Mavzuga oid