Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tashabbusli budjet»ning ilk mavsumiga 1 fevraldan start beriladi
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
2024 yil uchun «Tashabbusli budjet»ning birinchi mavsumi 1 fevraldan boshlanadi.
1-20 fevral kunlari loyihalarni kiritish uchun ajratilgan. Loyihalarni saralash 21 fevraldan 11 martga qadar davom etadi. Ovoz berish jarayoni 12–31 mart kunlari o‘tkaziladi.
Qayd qilinishicha, ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
2024 yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln so‘m qilib belgilangan.
2023 yilgi «Tashabbusli budjet»ning birinchi mavsumida qariyb 56 ming tashabbus ko‘rsatilgan, 16 milliondan ortiq ovoz berilgan edi. Tashabbuslarning 33 ming 680 tasi tasdiqlandi. Ularga qariyb 2,9 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
2023 yilgi «Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumida qariyb 50 ming tashabbus ko‘rsatildi, 18 milliondan ortiq ovoz berildi. Tashabbuslarning 33,5 mingtasi tasdiqlandi. Ularga 1,3 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Ilgari surilgan takliflarning 31 foizi ichki yo‘llarni ta’mirlashga oid bo‘ldi, 30 foizi mahalla hududini obodonlashtirish tadbirlariga qaratildi. Maktablar bo‘yicha 14 foiz, bog‘chalar bo‘yicha 6 foiz, tibbiyot muassasalari bo‘yicha 6 foiz taklif berildi.
G‘olib bo‘lgan loyihalarning aksariyati ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘ldi. Keyin o‘rinda umumta’lim maktablarini ta’mirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish, uchinchi o‘rinda sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari turibdi.
2023 yilda eng ko‘p g‘olib bo‘lgan loyihalar Toshkent viloyatida — 122 ta. Ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyati — 113 ta. Uchinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyati — 100 ta.
Mavzuga oid
11:10 / 21.03.2026
58 ovozdan 13 ming 386 ovozgacha. «Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi
18:28 / 15.03.2026
“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” - Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11:03 / 11.03.2026
Turli “o‘yinlar” sabab 10 ta tuman va shahar “Tashabbusli budjet”da sanksiyaga uchradi
12:58 / 03.03.2026