O‘zbekiston | 11:25 / 27.01.2024
1548
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston BMT bilan hamkorlikda iqlim migratsiyasi bo‘yicha konferensiya o‘tkazadi

Britaniyada O‘zbekistonning "yashil" tashabbuslariga bag‘ishlangan vebinar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Britaniyaning British Expertise International assotsiatsiyasi tomonidan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP28) doirasidagi mamlakatimiz tashabbuslariga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Vebinarda Britaniya iqlim va "yashil" energetika biznesining 50 dan ortiq vakillari, jumladan, Xalqaro savdo vazirligi, konsalting kompaniyalari va boshqa asosiy tuzilmalar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Shuningdek, "yashil" iqtisodiyotga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish O‘zbekistonning ustuvor strategik vazifalari sifatida qayd etildi.

Bundan tashqari, 2024 yilda BMT bilan hamkorlikda "Iqlim migratsiyasi" mavzusida bo‘lib o‘tadigan konferensiyaga ham alohida e’tibor qaratildi.

Vebinar so‘nggida British Expertise International O‘zbekistonda "yashil" loyihalarni amalga oshirishda Britaniya biznesini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidlab o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid