Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlari kengaytiriladi
Sog‘liqni saqlash tizimida joriy etilayotgan davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari sohaga ajratilayotgan budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan tizim hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatovaga ko‘ra, hozirgi kunga qadar amalda bo‘lgan tizimda sohaga ajratilayotgan mablag‘lar qancha bemor davolanganidan qat’iy nazar, tibbiyot muassasalariga yo‘naltirilgan bo‘lsa, sug‘urta mexanizmlari asosida bu mablag‘lar bemorga ko‘rsatilgan tibbiy yordam hajmi hamda unga sarflangan dori vositalari va tibbiy buyumlar miqdoridan kelib chiqib yo‘naltirilmoqda.
Milliy sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etilgan tibbiy sug‘urta tizimni moliyalashtirishning samarali mexanizmi bo‘lib, uning doirasida har bir fuqaroning salomatligini kafolatlangan paket asosida davlat budjeti mablag‘i hisobidan sug‘urta qilinmoqda. Sug‘urta tizimida tibbiy xizmatlar uchun to‘lovlarni natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari orqali amalga oshiriladi, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam doirasida tibbiy xizmatlar strategik xaridi yo‘lga qo‘yiladi.
Natijada sog‘liqni saqlash tizimidagi samarasiz xarajatlar ulushi bosqichma-bosqich qisqartiriladi, aholining tibbiy yordam uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlari darajasini kamaytirishga erishiladi. Sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ulushini oshirish orqali kasalliklar profilaktikasi kuchaytirilib, tibbiyot muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish va tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlari kengaytiriladi.
Mavzuga oid
09:05 / 13.12.2025
Fan olimpiadasi oltini uchun 1 mlrd so‘m: yangi rag‘bat tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda
19:21 / 09.11.2025
Prezident farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi
12:52 / 08.11.2025
Xususiy tibbiyotning ulushi mamlakatda 30 foizga yetdi
18:55 / 04.11.2025