Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Toshkentda Shavkat Mirziyoyev mamlakatning sobiq prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Tadbirda hukumat va Prezident administratsiyasi vakillari, shahar jamoatchiligi hamda sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova qatnashdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
30 yanvar kuni Toshkent shahrida Shavkat Mirziyoyev mamlakatning sobiq prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbarining matbuot xizmati tadbirdan suratlarni e’lon qildi.
Marosim Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida o‘tkazildi. Unda Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi. Shuningdek, sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova ham qatnashdi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi.






Birinchi prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
13:49 / 09.09.2025
Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi”
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
21:33 / 22.08.2025