Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toşkent şahrida Islom Karimov haykali poyiga gulçambar qöydi.

«Tarixiy xotira – millat kelajagining mustahkam poydevori. Özbekistonning mustaqil davlat sifatida şakllanişi, davlatçilik asoslarining barpo etilişida Birinçi Prezident Islom Karimovning xizmatlari beqiyos ekani çuqur hurmat va e’tirof bilan yodga olinadi.

Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev taşabbusi va e’tibori bilan Birinçi Prezidentning xotirasi abadiylaştirildi, Samarqandda uning maqbarasi barpo etildi. Islom Karimov tavallud topgan 30 yanvar sanasini nişonlaş ezgu an’anaga aylandi.

Marosim davomida Qur’on tilovat qilinib, duo öqildi. Birinçi Prezidentning Vatan manfaatlari yölidagi faoliyati, insoniy fazilatlari yodga olindi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bölib ötgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Şuningdek, birinçi prezidentning Samarqand va Qarşi şaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qöyilib, xotirasiga ehtirom körsatilgan.