Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 49 yoshli bloger 5 yilga qamaldi
Sud uni tovlamachilikda aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan.
2024 yil 29 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudida bloger Abduhakim Abdujalilovga oid jinoyat ishida hukm o‘qilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat sudi matbuot kotibi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 1974 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan A.Abdujalilov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sud unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlagan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.
A.Abdujalilov blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan, “Achchiq haqiqat” MChJ rahbari va shu nomdagi kanal admini bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, jinoyat Qashqadaryoda sodir bo‘lgan.
“Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Emine Karamanova nomi bilan tanilgan bloger Lemara Mirzaahmedova tuhmat, haqorat qilish va tovlamachilik jinoyatlarida aybli deb topilgan va 7,5 yilga qamalgandi.
Shuningdek, Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi qabulxona-diagnostika bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan bloger Otabek Ahliddinov ham tovlamachilik va talon-toroj qilishda ayblangan va 7 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Mavzuga oid
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026
Qashqadaryoda FVV xodimi daryoga tushib ketgan bolani qutqarib qoldi
08:46 / 07.05.2026
2025 yilda 6 nafar top-bloger 2,7 mlrd so‘m daromad olgani aytildi
08:32 / 21.04.2026