Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela Gayana bilan chegarada harbiy kontingentni oshirmoqda - OAV
Avvalroq, ikki davlat rahbarlari ko‘p yillik hududiy bahsni tinch yo‘l bilan hal qilishga kelishib olgan edi.
Venesuela Gayana chegarasiga yengil tanklar, raketalar bilan jihozlangan patrul katerlari va zirhli transport vositalarini joylashtirmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal Venesuela harbiylari ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan sun’iy yo‘ldosh suratlari va videolariga tayanib.
2023 yil 9 dekabrda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qo‘shni Gayananing g‘arbiy qismi, Essekibo viloyatini mamlakat tarkibiga qo‘shish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Farmonga ko‘ra, mintaqa Gayana-Essekibo deb nomlandi va mamlakatning 24-shtati bo‘ldi.
15 dekabr kuni Maduro va Gayana prezidenti Muhammad Irfon Ali Essekibo mintaqasi bo‘yicha hududiy bahsni hal qilish va qurol ishlatmaslik bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.
24 dekabr kuni Buyuk Britaniya diplomatik va harbiy yordam ko‘rsatish belgisi sifatida Gayana qirg‘oqlariga patrul kemasi jo‘natilganini e’lon qildi. 29 dekabr kuni Venesuela prezidenti bunga javoban Atlantika okeanida harbiy mashg‘ulotlarni boshlashni buyurdi.
XIX asr boshida Venesuela Ispaniyadan mustaqilligini e’lon qildi va Essekibo uning shtatlaridan biriga aylandi. 1899 yilda Parijdagi Xalqaro arbitraj sudi hududni qo‘shni Britaniya mustamlakasi Gayanaga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Keyinchalik Gayana ham mustaqillikka erishdi. 2015 yilda ExxonMobil kompaniyasi Essekiboda ikkita yirik neft konini topdi. 2022 yilda Gayana iqtisodiy o‘sish bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi — 62 foizdan ortiq.
Mavzuga oid
14:07
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026