O‘zbekistonning Qatardagi elchisi ish boshladi
Ashraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bungacha u TIV Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimlarida ishlab kelgan.

Foto: Dunyo AA
Bugun 2024 yil 11 fevral kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar poytaxtiga tashrif buyurgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
43 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Pekin universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega.
A.Xo‘jayev TIV tizimidagi faoliyatini 2005 yilda referent sifatida boshlagan. O‘tgan yillar davomda u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, Nyu-York shahridagi O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida va Buyuk Britaniyadagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.
2018 yildan TIV Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshqarma, bosh boshqarma boshlig‘i va direktori lavozimlarida ishlab kelgan.
Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi hisoblanadi. 2023 yil may oyida Toshkentda Qatar elchixonasi, 2023 yil dekabrda esa Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochilgan edi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:39
-
AQSh Oliy sudi 350 000 venesuelalikning deportatsiya qilinishini ma’qulladi
Jahon | 10:24
-
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
O‘zbekiston | 10:12
-
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
O‘zbekiston | 09:55
Mavzuga oid

11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari

11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

10:14 / 02.05.2025
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

01:40 / 27.03.2025