Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi
Ostonadan Rossiyaning Chelyabinsk shahriga qarab ketayotgan avtobus Aqmola viloyati hududida buzilib qolgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ulovdan 27 nafar o‘zbekistonlik va 33 nafar tojikistonlik fuqaro evakuatsiya qilingan. Qutqarilganlarning 17 nafari – bolalar. Avvalroq Qozog‘istondagi vatandoshlarga ob-havo sharoiti sababli uzoq masofali yo‘llarga mashinada chiqmaslik so‘ralgan edi.
Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 27 nafar O‘zbekiston fuqarosi qutqarilgan. Bu haqda Kun.uz'ga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekistonning Ostonadagi elchixonasi Aqmola viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentidan olgan ma’lumotga ko‘ra, 15 fevral kuni Ostona-Chelyabinsk yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi “Jaqsi-Yesil-Buziliq” yo‘lidagi Jaqsi qishlog‘i yaqinida buzilib qolgan.
Jaqsi tumani qutqaruvchilari avtobusdan 64 kishini evakuatsiya qilgan. Ulardan 27 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, shundan 12 nafari – bolalar. Qutqarilganlardan yana 33 nafari – Tojikiston fuqarolari (shundan 5 nafari – bolalar).
Qutqarilganlar Jaqsi qishlog‘idagi 1-sonli o‘rta maktabda joylashgan isinish joyiga olib borishgan. Yo‘lovchilar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan.
Oldinroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sovuq havo harorati sababli Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqib, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarga mashinada chiqmaslikni so‘ragandi.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi
15:13 / 18.11.2024