Toshkentda elektrobus yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga borib urildi
YTHga haydovchining qon bosimi oshib, boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.
Toshkent shahar Sergeli tumanida elektrobus yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga borib urildi. «Toshshahartransxizmat» holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 19 fevral kuni soat 12:30 larda 12-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi Yutong rusumli, 40-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi Q.Q. (staji 33 yil) boshqaruvidagi elektrobus Yangi Sergeli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtda, dastlabki ma’lumotga ko‘ra, qon bosimi oshgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga borib urilgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yutong rusumli elektrobus texnik shikastlangan. Avtobus haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi aytilgan.
Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:17
«Toshshahartransxizmat»ga yangi rais tayinlandi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
09:53 / 03.11.2024
Toshkentda Spark bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi
10:35 / 03.10.2024