Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mikrofirmalar va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi
Prezidentning «2024 yilda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvarga qadar mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yaratilgan har bir yangi ish o‘rni uchun oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan JShODSning 50 foizi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 barobaridan (680 000 so‘m) oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi.
Bundan tashqari, ushbu ish beruvchilarga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llanadi.
Soliq imtiyozlarini qo‘llashning majburiy shartlari:
- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilish;
- ushbu fuqarolarga har oy uchun MHTEKMning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan (1 050 000 so‘m) ish haqi hisoblash.
Mavzuga oid
10:48 / 08.11.2024
Mikrofirmalar uchun qat’iy belgilangan aylanmadan soliq stavkasi bekor qilinishi mumkin
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024