O‘zbekiston | 07:37 / 22.02.2024
7145
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada qo‘lga olingan fuqaro O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Turkiyada qo‘lga olingan qidiruvdagi o‘zbekistonlik mamlakatga deportatsiya qilindi. 

Foto: Telegram / istanbul2020Boshkonsulxona

Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, fuqaro Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. U firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan. 

1976 yilda tug‘ilgan shaxs joriy yilning 20 fevral kuni O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid