O‘zbekiston va Niderlandiya Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Niderlandiyaning yangi tayinlangan elchisi bilan uchrashdi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Niderlandiya elchisi Niko Sxemers bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Niderlandiyaning Afg‘oniston yo‘nalishidagi munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Elchi Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishda O‘zbekistonning muhim roli, Toshkentning afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish va mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklash borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi.
Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
00:20 / 10.12.2024
Niderlandiyada ichki chegara nazorati joriy etiladi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
20:40 / 06.12.2024