Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Yosh tadbirkor” tanlovi o‘tkaziladi
Tanlovda nogironligi bo‘lgan yosh tadbirkorlarning loyiha va g‘oyalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tanlov g‘oliblari Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
O‘zbekistonda 2024 yil 1 martdan boshlab “Yosh tadbirkor” tanlovini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan.
Qayd etilishicha, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tanlov asosida “mahalla tuman viloyat – respublika” bosqichlarida yoshlarning istiqbolli biznes loyiha va g‘oyalari saralanadi. Bunda, nogironligi bo‘lgan yosh tadbirkorlarning loyiha va g‘oyalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Tanlovning respublika bosqichida saralashdan o‘tgan har bir loyihaga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratiladi. Shuningdek, g‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
Davlat dasturida 2024 yil 1 martdan boshlab “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” dasturi joriy etilishi ham nazarda tutilgan.
Mazkur dastur doirasida mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan mahalla faollari ishtirokida axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar aniqlanib, ularni ingliz va boshqa xorijiy tillarra o‘qitish hamda sertifikatlar olishini tashkil etish, sertifikat olgan yoshlar to‘g‘risida ma’lumotlarni Raqamli texnologiyalar vazirligining maxsus axborot tizimiga kiritib borish amaliyoti joriy qilinadi. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan maxsus axborot tizimiga kiritilgan yoshlarni ІT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish choralari ko‘riladi.
1 martdan boshlab “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga o‘qitish maqsadlariga yo‘naltirish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha “Ustoz” maxsus platformasi ishga tushiriladi va dastlabki bosqichda mazkur platforma orqali 250 ming nafar yoshlar qamrab olinishi ta’minlanadi. Yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga o‘rgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi hamda bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, o‘quv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etiladi.
Mavzuga oid
18:23 / 21.10.2025
Oshkora “reyderlik”: Bosh prokuratura departamenti tadbirkorlarning milliardlab pullarini g‘ayriqonuniy tarzda ushlab turibdi
15:11 / 19.09.2025
Pokiston O‘zbekistonda 50 mln dollardan ziyod loyihalarni amalga oshiradi
18:58 / 13.08.2025
Texnik nosozlik sabab soliq to‘lovchilardan qariyb 400 mlrd so‘m yechib olingani ma’lum bo‘ldi
11:12 / 13.08.2025