Fan-texnika | 22:47 / 23.02.2024
43071
2 daqiqa o‘qiladi

YouTube yangi dizaynga ega bo‘ldi

Asosiy o‘zgarishlardan biri shundaki, tavsif va sharhlar endi videoning ostida emas, balki o‘ng tomonida joylashgan. 

Foto: Reuters

YouTube foydalanuvchilari mashhur xizmatning brauzer versiyasida video ko‘rish sahifasining yangi dizaynini payqashdi. 

Asosiy o‘zgarishlardan biri video tavsifi va izohning ekranning o‘ng tomoniga ko‘chirilishi bo‘ldi. Bo‘shatilgan maydonni endi kattaroq prevyu va cheksiz tavsiyalar bloki egalladi. 

Eski ko‘rinishi 
Yangi ko‘rinishi 

Ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarishlar bilan Google foydalanuvchilarni saytda iloji boricha uzoqroq ushlab turishni, darhol keyingi videoni yoqishini istaydi. 

Yangi dizaynga mustaqil o‘ta olmaysiz: u turli mamlakatlardagi foydalanuvchilar uchun tasodifiy tarzda bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Ushbu dizayn birinchi marta 2023 yil may oyida taqdim etilgan, ammo hozir, aftidan, u tasdiqlangan va yaqin kelajakda hamma uchun ishlaydi. 

2024 yil boshidan ko‘plab YouTube foydalanuvchilari veb-versiyaning sekinroq ishlayotgani haqida shikoyat qila boshladilar. Bu, ayniqsa, to‘liq ekran rejimiga o‘tishda sezildi. Ma’lum bo‘lishicha, muammo reklama blokerlari, xususan AdBlock bilan bog‘liq. Ular ishlayotganda, hatto Internet barqaror bo‘lsa ham, videolarni yuklash sezilarli darajada ko‘proq vaqt oladi. 

2023 yil oktyabr oyida YouTube xizmati reklama blokerlariga qarshi urush e’lon qildi, chunki reklama xizmat daromadining deyarli 80 foizini beradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tez orada har qanday kontentni reklamasiz ko‘rish tobora qiyinlashib qolishi ehtimoldan xoli emas.

Mavzuga oid