Iqtisodiyot | 12:59 / 24.02.2024
13845
1 daqiqa o‘qiladi

Misr O‘zbekiston paxtasi va ip-kalavasini xarid qilmoqchi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Mirmuhsin Sultonov va Misrning JQSWAQ kompaniyasi bosh direktori Mansur G‘afri o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Kun.uz

"Dunyo" xabariga ko‘ra, JQSWAQ kompaniyasi Misrdan AQShga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishga ixtisoslashgan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston tekstil sanoati korxonalari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda.

Kompaniya vakillari o‘z tadqiqotlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonning paxtasi hamda yuqori sifatli ip-kalava va tayyor kiyim-kechaklarni xarid qilishda amaliy yordam so‘radi.

Suhbat davomida kompaniya vakili bilan kelgusida hamkorlikni davom ettirish va O‘zbekistondagi korxonalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, dastlabki tovarlar partiyasini eksport qilishga kelishib olindi.

Mavzuga oid