13:24 / 25.02.2024
11796

26 fevral kuni ham ayrim hududlarda qor yog‘ish kutilmoqda

26 fevral kuni qor yog‘ish ehtimoli bor hududlar ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 26 fevral, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–4 daraja, kunduzi +3...+5 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –7...–12 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, ba’zi joylarda 0...+2 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –5...–10 daraja, kunduzi 0...–5 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top