Toshkentda yong‘in ichida qolgan mebel sexidan 5 nafar ishchi qutqarildi
Chilonzor tumani, "Bekto‘pi" MFYda joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etilgan.
Bugun, 27 fevral kuni Chilonzor tumani, "Bekto‘pi" MFY Diydor ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan.
FVV xabariga ko‘ra, yong‘inga soat 00:17 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 01:29 da o‘rab olingan va soat 05:52 da to‘liq bartaraf etildi.
Yong‘inni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etildi.
Yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 5 nafar ishchi yong‘indan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshlig‘i va o‘rinbosarlari, IIB, prokuratura, “Hududgazta’minot” va SSB, tuman FVB rahbar va xodimlari chiqqan.
Mavzuga oid
11:30 / 25.11.2024
Toshkentda Epica va Spark to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
09:33 / 25.11.2024
Toshkentdagi uylarning birida yong‘in kelib chiqdi
18:12 / 24.11.2024
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi
23:39 / 20.11.2024