Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik quriladi
Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi. Bu haqda “O‘zbekistonda bunyodkorlik. Yangi Toshkent - tabiat va kelajak shahri” mavzusidagi konferensiyada aytib o‘tilgan.
Konferensiyada Yangi Toshkent qurilish konsepsiyasi, jarayonga joriy etilgan yangi, innovatsion yechimlar, aholi uchun yaratiladigan qulay infratuzilma va sharoitlar xususida taqdimot o‘tkazilgan. Hududda 420 gektar maydonda “Markaziy bog‘” barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.

Yangi Toshkent megaloyihasini amalga oshirishda eng zamonaviy ekologik transport tizimidan foydalaniladi. Yangi Toshkentda metro va elektrobuslar uyg‘unlikda harakatlanadi. Bunda “yashil va xavfsiz shahar” tamoyili asosida, piyodalar va velosipedlarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda 100 ming avtomobil uchun yerosti turargohlari quriladi. Avtomobil qatnovi uchun 14 ta zamonaviy tunellar hamda Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi.

Markaziy Osiyoda ilk bor “uch-generatsiya” stansiyasining qurilishi orqali elektr ishlab chiqariladi, binolar kuz-qishda isitiladi, yozda esa sovitiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan o‘tkaziladi. Suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash hisobiga suv sarfi 2 baravar kamayadi. Oqova suvlar zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlanib, sug‘orish va texnik maqsadlar uchun yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:30 / 16.06.2026
Chirchiq bo‘yida yangi ishbilarmonlik va dam olish hududi tashkil etiladi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
13:02 / 02.06.2026