O‘zbekiston | 18:37 / 02.03.2024
7517
3 daqiqa o‘qiladi

Bolalar ombudsmani to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan mansabdor shaxslarga ogohlantirish va taqdimnomalar kiritish, bola huquqlarini buzganlarni javobgarlikka tortish uchun tegishli organlarga murojaat qilish huquqiga ega deb belgilandi. Bolalar ombudsmani 14 ta hududda o‘z vakillariga ega bo‘ladi.

   Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

Vakil o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda hamda  davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi hamda o‘z faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobd ordir. 

Bola huquqlari bo‘yicha vakil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  va Senati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.

Qonunga ko‘ra, bola huquqlari bo‘yicha vakil: 

  • mansabdor shaxsl arga bola hu quqlari to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantiri shlar yuborish; 
  • davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
  • harakatlari yoki harakatsizligida bola  huquqlari buzilganl igi  aniqlangan shaxsla rni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnomalar ki ritish huquqiga ega. 

Vakil har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay Oliy Majlis palatalariga bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilish holati haqida ma’ruza taqdim etadi.

Vakil bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa  shafqatsiz, g‘ayri insoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi.  

Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘zining Qoraqalpog‘iston Respu blikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini tayinlaydi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga oid