Bolgariya Rossiya neftini import qilishni to‘xtatdi
Sofiya 2024 yil oxirigacha amalda bo‘lgan Rossiyaning asosiy energiya manbalaridan birini import etish taqiqidan ozod bo‘lishni yakunladi.
Bolgariya 1 mart, juma kunidan boshlab Rossiya neftini import qilishni butunlay to‘xtatdi, deb xabar berdi BGNES mahalliy axborot agentligi. Shunday qilib, Sofiya mamlakat uchun 2024 yil oxirigacha ushbu turdagi xomashyoni Rossiyadan olib kirishni taqiqdan ozod etish jarayonini muddatidan roppa-rosa 10 oy oldin yakunladi.
Agentlik tushuntirishicha, 1 martdan Bolgariya parlamentining 2023 yil oxirida qabul qilingan qarori kuchga kirdi, u 1 yanvardan Rossiya neft importini ikki baravarga, 1 fevraldan 25 foizga qisqartirish va 1 martdan boshlab to‘liq to‘xtatishni nazarda tutuvchi jadvalni tasdiqladi.
«Interfaks»ning qayd etishicha, Bolgariyadan tashqari yana bir qancha Yevropa Ittifoqi davlatlari Bryussel tomonidan 2024 yil oxirigacha Rossiyadan neft importi bo‘yicha taqiqdan ozod qilingan. Biroq, Bolgariya Respublikasi hukumati ushbu energiya resursidan muddatidan oldin voz kechishga qaror qildi.
Bolgariyadagi NQZ «Lukoyl»ga tegishli
Bolgariyadagi yagona neftni qayta ishlash zavodi Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasiga tegishli, deb yozadi «Interfaks». U 8,8 million tonna quvvatga ega va 1999 yil oktyabr oyidan beri Bolgariyaning Burgas shahrida ishlamoqda. Bundan tashqari, kompaniya mamlakatda 500 dan ortiq yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini ham boshqaradi, deya ta’kidlaydi agentlik.
Sofiya Burgasdagi neftni qayta ishlash zavodi uchun 60 foizlik foyda solig‘ini joriy qilganidan so‘ng, «Lukoyl» «shartlarda sezilarli o‘zgarishlar tufayli Bolgariyadagi guruh korxonalari strategiyasini ko‘rib chiqish», shu jumladan biznesni sotish bo‘yicha xalqaro maslahatlashuvlar bo‘yicha ish boshlaganini bildirdi.
Bolgariya rasmiylari Rossiya kompaniyasi aktivi sotilganidan so‘ng soliq to‘rt baravar kamaytirilishiga aniqlik kiritdi. Shuningdek, «Interfaks»ning qayd etishicha, zavod 500 million yevroga modernizatsiya qilinishi kerak, neftning nisbatan yengil turlarini qayta ishlay olishi lozim.
Bolgariya Rossiyani gaz yetkazib berishni to‘xtatgani uchun sudga beryapti
«Ukrainska pravda» nashrining aniqlik kiritishicha, Bolgariya hukumati Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga keng ko‘lamli hujumidan ikki oy o‘tib, Rossiya «Gazprom»ini gaz yetkazib berishni to‘xtatgani uchun sudga berish imkoniyatidan voz kechmagan.
2023 yil iyun oyida Bolgariya Energetika vazirligi tegishli arbitraj da’vosini tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, Bolgariya «Gazprom» bilan aloqalarni tiklashga urinib ko‘rgan va hatto gaz yetkazib berishni tiklashni so‘ragan, biroq Rossiya kompaniyasi aniq javob berishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024