O‘zbekiston | 07:30 / 02.03.2024
3321
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi 

Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi. 

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, Rostov-Dondagi “AzovStroy” va Voronejdagi korxonalarda ishlayotgan o‘zbekistonliklar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Krasnoyarskda fuqaroning ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan pasporti undirib berildi

Tulada qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlar Moskva - Namangan yo‘nalishidagi aviareys orqali vatanga qaytarildi. Blagoveshenskda murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga huquqiy hamda moddiy yordam ko‘rsatildi. Tulada ishsiz qolgan fuqarolar bandligi ta’minlandi.

Ufa davlat neft-texnika universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid