O‘zbekiston | 11:51 / 04.03.2024
3823
1 daqiqa o‘qiladi

Kubaning yangi elchisi Toshkentga tashrif buyurdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuba elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Boku shahrida) Karlos Valdes de la Konsepsyonni qabul qildi.

Foto: TIV

«Kubaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Karlos Valdes de la Konsepsyon janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

O‘zaro munosabatlarni qator sohalarda yanada rivojlantirish, ayniqsa, tovar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.

«Janob elchiga mamlakatimizdagi o‘z faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deydi Baxtiyor Saidov.

Karlos Valdes de la Konsepsyon 2019 yildan 2024 yilgacha Kubaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Alfredo Neves Portuondo o‘rnini egalladi.

Mavzuga oid