Bir paytlar “Ozodlik oroli” deb ta’rif berilgan va maqtalgan Kubada bugun vaziyat tahlikali. AQŞ Karib havzasida joylaşgan bu orol-davlatdagi kommunistik tuzumni ağdariş payida bölyapti. Öz davrida şov-şuvli tarzda sotsializm yölidan ketgan Kubada sovetlar AES qurilişini boşlagandi. Biroq işlar çala qoladi va bugun bitmay qolgan obektlar öşa davrdan yodgorlik sifatida qad rostlab turibdi. Xöş, Kubadagi AES qurilişi nega bitmay qolgandi?
Bugun Kuba energiya inqirozini boşidan ötkazayotgan dunyodagi kam sonli davlatlarning biri hisoblanadi. Orol-davlatdagi energiya inqiroziga AQŞning 2026 yil 2 yanvardan 3 yanvarga ötar keçasi Venesuelada ötkazgan maxsus amaliyoti sabab böldi deyiş mumkin.
Öşanda AQŞ harbiylari Venesuela poytaxtidagi saroyda bölgan mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni qölga olib, uni rafiqasi bilan birga AQŞga olib ketişadi.
Venesuelada hokimiyat vitse-prezident Delsi Rodrigezga ötadi va u AQŞ bilan hamkorlik qilişga rozi böladi. Şundan söng AQŞ tomoni talabi bilan Venesuela Kubaga neft bermay qöydi.
Kubada elektr energiya asosan issiqlik elektr stansiyalarida işlab çiqariladi va ularning asosiy yoqilğisi neft qoldiği bölgan mazut hisoblanadi. Venesuela neft bermay qöygaç, orolda energiya inqirozi yuzaga keldi.
Kuba tarixiga nazar taşlansa, bu davlatda qazilma boyliklar juda kamligini va u azaldan çetdan keladigan energoresurslarga boğlanib qolganini köriş mumkin.

Bir paytlar Kubani iqtisodiy va siyosiy tomondan qöllagan SSSR orol-davlatdagi energiya taqçilligi muammosini hal qiliş uçun AES qurilişini boşlaydi. Ammo işlar oxiriga yetmaydi.
AQŞ Kubada AES qurmoqçi bölganmi?
1950-yillarda Kubani AQŞ bilan döstona aloqalar örnatgan Fulxensio Batista boşqarardi. 1950-yillarning ikkinçi yarmida AQŞda birinçi AES qurilişi start oladi.
Köp ötmay amerikaliklar Kubada ham AES qurişga qiziqa boşlaydi. Jumladan, 1956 yilda AQŞ va Kuba örtasida Atom energiyasidan fuqarolik maqsadlarida foydalaniş böyiça hamkorlik bitimi imzolanadi.
Biroq 1959 yilda Kubada davlat töntarişi amalga oşiriladi va Batista ağdarib taşlanadi. Hokimiyat tepasiga Fidel Kastro boşçiligidagi kommunistik tuzum tarafdorlari keladi.
Şundan söng AQŞ va Kuba örtasidagi hamkorlik barham topadi. Hatto 1961 yilda AQŞ Havanadan öz elçilarini olib çiqib ketadi va diplomatik aloqalar ham uziladi.
Ma’lumot uçun, AQŞ va Kuba örtasidagi diplomatik aloqalar oradan 54 yil ötib, 2015 yilda qayta tiklanadi.

Kubada kommunistik tuzum örnatilgaç, orol-davlat endi SSSR bilan yaqin hamkorga aylanadi va sovetlar u yerga arzon neft yetkazib bera boşlaydi. Ya’ni Kuba energoresurslar böyiça SSSRga qaram bölib qoladi.
Kubada AES qurilişi boşlanişi
1975 yilda SSSR va Kuba örtasida Atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş böyiça şartnoma imzolanadi. 1976 yilda esa ikki davlat örtasida Kubada quvvati 440 megavatt bölgan ikkita atom reaktorini quriş böyiça şartnoma imzolanadi.
Sovetlar avvaliga Kubada törtta reaktor qurmoqçi bölişadi. Biroq keyinroq reja özgaradi va orolda ikkita reaktor qurişga qaror qilinadi. Ikkita reaktorli AES bitganda Kuba energiya ehtiyojining 20 foizini qondirardi.
Balki öşanda sovetlar Kubadan törtta reaktorning pulini undiriş qiyin bölişini hisobga olgandir. Yoki törtta reaktorni quriş juda uzoq muddat talab qilinişi rejalarni özgartirgandir.
AESni quriş uçun Kuba janubiy markazida joylaşgan Siyenfuenos provinsiyasidagi Xuragua qişloği tanlanadi. Garçi şartnoma 1976 yilda imzolangan bölsa-da, AESni quriş işlari oradan qariyb 8 yil ötgaç, 1983 yilda boşlanadi. Sovet mutaxassislari ungaça Xuragua qişloği yonida AES işçilari uçun şaharça tiklaydi.

Ma’lumotlarga köra, AES qurilişida bir vaqtning özida 2 mingdan ortiq mutaxassis işlagan. Ular orasida sovetlar Bolgariya va Germaniya demokratik respublikasidan olib borgan işçilar ham bölgan.
AES qurilişi uçun işlatilgan barça quriliş materiallari SSSRdan taşiladi. Kuba tomonidan qurilişga mas’ul sifatida mamlakatdagi taniqli fizik olim Dias-Balarta tayinlanadi.
Öşa paytda birinçi reaktor 1990-yillar boşlarida işga tuşirilişi belgilangandi. Biroq sovet davlati parçalanib ketgaç, Kubadagi AES qurilişi töxtab qoladi.
Rossiyaning Kubadagi AESni davom ettirişdan boş tortişi
1991 yil avgustda SSSR parçalanib ketadi, Kubadagi AES qurilişida işlab turgan sovet işçilari, muhandislari va boşqalar ortga qaytadi.
Öşa paytda AES rektorining biri bitiş arafasida, ikkinçisida işlarning 50 foizdan ortiği bajarilgandi. Birinçi reaktorga turli uskunalar örnatilsa, u işlaşi ham mumkin edi.

Rossiya kommunistik tuzumdan voz keçib, bozor munosabatlariga asoslangan boşqaruvga ötadi. Şuningdek, boşqa sobiq ittifoqdoş respublikalar bilan iqtisodiy aloqalar uzilib qolişi oqibatida Rossiyada iqtisodiy inqiroz boşlanadi.
Ana şunday şaroitda Rossiya Kubaga AES qurilişida yordam bera olmasligini aytadi va boşqa hamkor izlaşi lozimligini ma’lum qiladi.
Şundan söng Kuba Rossiya tomoni maslahati ortidan energetik loyihalar bilan dunyoga tanilgan “Simens” va “Şkoda” kabi kompaniyalarga taklif bilan çiqadi.
Kubaliklar bu ikki kompaniyaga murojaat qilişining sabablari bor edi. “Şkoda” Çexiyaniki edi va Kuba bu davlat bilan sotsialistik lagerda birga bölgan, döstona aloqalarga ega edi.
“Simens” kompaniyasi esa SSSR bilan ança yillar hamkorlik qilgan va sovetlar tomonidan 1970-yillarda Finlandiyada qurilgan AESga turli uskunalar yetkazib bergandi.
1992 yilda “Simens” vakillari Kubaga borib, AESni közdan keçiradi va uning bitgan rektoriga uskunalar örnatib berişga rozi böladi. Biroq tomonlar tölov masalasida kelişa olmaydi.
“Simens” öz xizmatini 21 mln dollarga baholaydi. Biroq bu pulni na muzokara jarayonida kafil bölgan Rossiya, na Kuba tölab berolmaydi. Şu tariqa “Simens” loyihani tark etadi.

1992 yil sentabrda Kuba rahbari Fidel Kastro AES qurilişi töxtatilganini e’lon qiladi. Öşanda u ikkita reaktorni işga tuşiriş uçun 1,1 mlrd dollar kerak bölişini, biroq bunday miqdordagi pul Kubada yöqligini, Rossiya esa qarz berib tura olmasligini aytadi.
Rossiyaning Kubadagi AESga qiziqişlari
1995 yilda Rossiya atom energetikasi vazirligi Kubadagi AES qurilişi 1998 yilda qayta boşlanişi haqida e’lon qiladi. Bu safar ruslar oroldagi AES bitişiga “Simens”, Ansaldo” va Fransiya energetika kompaniyasi moliyaviy yordam berişini aytadi.
Biroq yuqorida nomlari keltirilgan kompaniyalar Rossiya atom energetikasi vazirligi tomonidan tarqatilgan xabarda asos yöqligini aytib çiqadi.
Öşa paytda AESni töliq işga tuşiriş uçun kamida 750 mln dollar kerak bölardi. 1997 yilda Fidel Kastro AES qurilişi töxtatilganini va Kuba bu mavzuga qaytmasligini ta’kidlaydi.
2000 yil dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kubaga taşrif buyuradi va AES qurilişini tugatiş uçun Rossiya 800 mln dollar qarz berişi mumkinligini aytadi. Biroq Fidel Kastro buni rad etadi.

Öşanda Havanada ötgan muzokaralarda Putin Kubadan sovet davrida berilgan qarzlarni qaytariş masalasini ham kötaradi. Ayrimlar Putin öşa pullarni Kubadan tezroq undiriş uçun AES qurilişiga 800 mln beramiz deb yolğon va’da bergan deyişadi.
Bu gapda ham jon bor, Kuba sovet davrida berilgan qarzlarni qaytarişdan boş tortgaç, Rossiya Putin tomonidan orol-davlatga va’da qilingan 800 mln dollarni bermadi.
Kubadagi “atomşaharça” va AESning hozirgi holati
Teparoqda sovetlar Kubada AES qurilişi arafasida oldin şaharça barpo etgani haqida aytib ötgandik. Bu şaharçada köplab 5 va 7 qavatli uylardan taşqari, rus tiliga ixtisoslaşgan maktab, boğça, magazin va sport maydonçalari ham quriladi.
SSSRdan Kubaga borib işlagan aksariyat sovet mutaxassislari u yerda bir neça yil oilasi bilan yaşaydi. Ularning bolalari boğçaga va maktabga qatnaydi.
SSSR parçalanib, sovet mutaxassislari ortga qaytgaç, böşab qolgan uylarga kubaliklar köçib kiradi. Hozirgi paytda şaharçada hayot davom etmoqda.

Endi AESga kelsak, ikkita reaktor bir muddat sovetlar qanday qurib ketgan bölsa, öşa ahvolda saqlanib turadi. Keyin qarovsiz qoladi.
2004 yilda AESdagi asosiy trubina demontaj qilinadi va Kubadagi IESlarning biridagi işdan çiqqan trubina örniga olib borib örnatiladi.
Sönggi yillarda Kubadagi AESga xalqaro atom energetikasi agentligi vakillari taşrif buyurib, taşlandiq holatdagi obektning atrof-muhitga ta’sirini örganmoqda, vaziyatni nazorat qilmoqda.
Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, AES qurilişi – bu oson iş emas. Atom reaktorlarini barpo etiş juda katta mablağ talab qiladi, quriliş işlari uzoq muddat davom etadi.
Kubadagi AESga kelsak, çala qolgan qurilişning taqdiri kelajakda nima bölişini aniq aytiş qiyin. Biroq taxmin qiliş mumkin, ular heç qaçon bitmasa kerak. Çunki yarim xaroba holga tuşgan obektni tiklaşdan köra yangisini qurgan osonroq.











