Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Raul Kastroga sirtdan jinoiy ayblov e’lon qildi
Raul Kastroga ayblov e’lon qilinishi Kuba va AQSh o‘rtasidagi «munosabatlarda yangi eng past nuqtani anglatishi» ta’kidlanmoqda.
Foto: REUTERS/Norlys Perez
AQSh Kubaning sobiq rahbari Raul Kastroga qarshi rasman jinoiy ayblovlar qo‘ydi. Bu haqda Reuters Donald Tramp ma’muriyatining nomi oshkor etilmagan yuqori martabali amaldoriga tayanib xabar bermoqda. Qaysi ayblovlar haqida gap ketayotganiga manba aniqlik kiritmadi.
Avvalroq bir nechta Amerika ommaviy axborot vositalari manbalarga tayanib, ayblovlar 1996 yilda Kuba harbiy-havo kuchlari Qshchshma Shtatlardagi kubalik diasporaga tegishli bo‘lgan va dengizda kubalik qochqinlarni qidirayotgan ikkita fuqaro samolyotini urib tushirgan voqea bilan bog‘liq bo‘lishi haqida yozgan edi. Shu vaqtda to‘rt kishi halok bo‘lgan.
Reuters nashrining yozishicha, Raul Kastroga ayblov e’lon qilinishi Kuba va AQSh o‘rtasidagi «munosabatlarda yangi eng past nuqtani anglatadi».
Raul Kastro — 1959 yilgi Kuba inqilobi rahbarlaridan biri. U o‘nlab yillar davomida Kubada yuqori lavozimlarda ishlagan, 2006 yildan esa akasi Fidel Kastroning kasalligi tufayli mamlakatning amaldagi (keyin esa rasmiy) rahbariga aylangan. Raul Kastro 2018 yilda iste’foga chiqdi.
Donald Tramp davrida AQSh Kuba hukumatiga bosimni sezilarli darajada kuchaytirdi va 2026 yil boshidan orolni yoqilg‘i blokadasiga oldi. Oq uy Kuba prezidenti Migel Dias-Kanelni hokimiyatdan chetlatishga harakat qilayotganini yashirmayapti.
Mavzuga oid
20:14 / 20.05.2026
AQSh va Isroil Eronda sobiq prezident Ahmadinajodni hokimiyatga olib kelmoqchi edi – OAV
18:15 / 20.05.2026
Tramp va uning oilasi o‘tgan yillar uchun soliq da’volaridan butunlay ozod etildi
08:58 / 20.05.2026
NATO: AQSh harbiylarining qisqarishi xavf tug‘dirmaydi
08:40 / 20.05.2026