Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda oilali ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan avtobus chiptachisi qamaldi
Toshkent shahrida avtobus chiptachisi yo‘lovchi ayolga jinsiy aloqa qilishni taklif etib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan. Sud hukmiga ko‘ra ayblanuvchi 3 sutkaga qamaldi.
Foto: Gazeta.uz
4 mart kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida yo‘lovchi ayolga jinsiy aloqada bo‘lishni taklif qilgan 9t-sonli avtobusning chiptachisiga sud hukmi o‘qildi.
Gazeta.uz xabariga ko‘ra, sud majlisida ayol 9t-sonli avtobusda chiptachi vazifasida ishlab kelayotgan 1996 yilda tug‘ilgan I.A. unga bir necha marotaba sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan gaplarni aytgani, unga oilasi borligini aytishiga qaramasdan, birga jinsiy aloqada bo‘lishni taklif qilganini bildirib, unga nisbatan qonuniy jazo berishni so‘radi.
Sud majlisida I.A. yuqorida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik harakatiga to‘liq iqrorligi, qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, yengillik berishni so‘radi.
Sud I.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasining 1-qismida (Shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topildi va unga shu moddaga asosan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Mavzuga oid
17:45 / 30.01.2026
Farg‘ona shahriga Xitoydan 24 ta avtobus olib kelindi
12:26 / 26.01.2026
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
11:43 / 22.01.2026
Toshkentda noqulay ob-havo: avtobus intervallari uzayishi mumkin
11:34 / 22.01.2026