Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholisini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish boshlanadi
Chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda zarrachalar belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini ogohlantirish amaliyoti joriy etiladi.
Qozog‘istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi "O‘zbekiston aholisini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish boshlanadi" sarlavhali maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Agentlikning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 1 martdan chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda zarrachalar belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini ogohlantirish amaliyoti joriy etiladi.
"Bu Shavkat Mirziyoyevning 21 fevraldagi "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini 2024 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonida ko‘zga tutilgan", ‑ deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, shuningdek, mart oyidan boshlab o‘lchami 500 metr kvadrat va undan ortiq bo‘lgan qurilish obektlarida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etish topshirilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 29.10.2025
Hindiston havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy yomg‘irni qo‘llaydi
11:00 / 06.10.2025
Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi
20:10 / 11.03.2025
JSST: Har yili havo ifloslanishi oqibatida 7 millionga yaqin odam vafot etmoqda
12:54 / 04.03.2025