Zalujniy yangi lavozimga tayinlandi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni Buyuk Britaniyadagi elchi lavozimiga tayinladi. BBC manbasi tasdiqlashicha, Zalujniyga iste’fosidan keyinoq Yevropa mamlakatlaridan biridagi elchilik lavozimi taklif etilgan, ammo o‘shanda u bu taklifni rad etgandi.
BBC Ukraina xizmati ma’lumotiga ko‘ra, general elchi bo‘lishga rozilik bergan va yaqin vaqtlar ichida prezident tegishli farmonini imzolaydi.
7 mart kuni Ukraina TIV Volodimir Zelenskiy Zalujniy Buyuk Britaniya elchisi bo‘lishiga rozilik bergani va endi Britaniya tomoniga dastlabki rozilik bo‘yicha tegishli so‘rov yuborgani haqida xabar berdi. Keyinroq Zelenskiyning o‘zi ham kechki videomurojaatida bu haqda to‘xtalib o‘tdi.
Ukrainaning Londondagi elchisi lavozimi o‘tgan yil iyul oyidan buyon vakant turgandi.
Bundan bir oy muqaddam Ukraina prezidenti Zalujniyni Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligidan iste’foga chiqargandi. Zelenskiy o‘shanda generalga «ikki yillik mudofaa» uchun minnatdorchilik bildirib, Zalujniyga «bundan keyin ham Ukraina davlati jamoasida qolish»ni taklif qilgandi. «U rozi bo‘lsa bundan minnatdor bo‘laman», — deya qo‘shimcha qilgandi o‘shanda Zelenskiy.
Cho‘zilgan rozilik
Kutilayotgan iste’fo haqidagi xabar Ukrainadagi va xalqaro nashrlarda bir necha hafta oldinroq paydo bo‘lgandi. Bunga prezident va bosh qo‘mondon o‘rtasidagi ziddiyat sabab sifatida keltirilgandi.
G‘arb nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, Zelenskiy Zalujniyning obro‘si oshib borayotgani hamda u frontdagi vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolgani va pozitsion urush bosqichiga o‘tgani haqida gapirgan intervyusidan darg‘azab bo‘lgan.
2023 yil kuzida Economist jurnalida Zalujniyning maqolasi va intervyusi chiqadi, bu esa katta shov-shuv keltirib chiqargandi va uning iste’fosi bilan yakunlangan jarayonni boshlab bergandi.
Zalujniy Economist maqolasida ilk bor ukrainlarning qarshi hujumi kutilgan natijani bermagani, katta yo‘qotishlar Rossiya armiyasini holdan toydirishiga umid qilish xato bo‘lganini tan olgandi.
U urush yakunlari G‘arbning pozitsiyasi va yordamiga bog‘liq bo‘lishini aytgandi, shu bilan birga satrlar orasida ko‘p narsa Ukraina siyosiy rahbariyatiga bog‘liq ekani aytayotganini ham uqish mumkin edi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Ukraina prezidenti urushning borishi to‘g‘risida boshqacha fikrda bo‘lgan, ammo Zelenskiyning jamoasi buni muntazam ravishda rad etib kelgandi.
Shu bilan bir vaqtda ijtimoiy so‘rovlar prezidentning reytingi pasayotgani va 2021 yildan buyon Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni bo‘lgan Zalujniyning mashhurlik darajasi barqaror qolayotganini qayd etardi.
BBC manbasi tasdiqlashicha, shu yil yanvar oyi oxirida, Zelenskiy o‘zaro suhbatda generalga iste’fo haqida bildirganida, armiyadagi muayyan o‘zgarishlar bo‘yicha taklifini ham bergan.
O‘sha vaqtda Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoniga Yevropa mamlakatlaridan biridagi elchilik lavozimi (Kiyev ko‘p oylardan buyon Buyuk Britaniya, Norvegiya va Chexiya kabi mamlakatlardagi yangi elchilarini tayinlamay kelmoqda) yoki Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimi taklif etilgan. Zalujniy esa faoliyatini davom ettirish uchun bunday variantlarga rozilik bildirmagandi.
Mavzuga oid
11:10
Berbok: GFR Ukrainaga qishki yordam uchun yana 200 mln yevro o‘tkazadi
22:34 / 04.11.2024
Britaniya qiroli Charlz III o‘z ukasini ta’minot pullaridan mahrum qilmoqchi
20:21 / 04.11.2024
Britaniyada minglab xodimlar to‘rt kunlik ish haftasi bo‘yicha eksperimentga qo‘shildi
13:10 / 04.11.2024