Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha TIV rahbari NATO askarlari «allaqachon Ukrainada borligi» haqida aytdi
Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Ukrainada allaqachon NATO davlatlari harbiy xizmatchilari mavjudligini aytdi, ammo bu qaysi mamlakatlar ekaniga aniqlik kiritmadi.
«NATO askarlari allaqachon Ukrainada mavjud. Va men ushbu tavakkalchilikka qo‘l urgan ushbu mamlakatlar elchilariga minnatdorchilik bildirishni istardim. Bu mamlakatlar ular kimligini bilishadi, ammo ularni oshkor etib bo‘lmaydi. Boshqa siyosatchilardan farqli o‘laroq, men ro‘yxatni ochiqlamayman», — degan Sikorskiy Polshaning alyansga a’zoligiga 25 yil to‘lgani munosabati bilan 8 mart kuni o‘tkazilgan konferensiyadagi diskussiya chog‘ida.
U NATO harbiylarining Ukrainada bo‘lishi «tasavvur qilib bo‘lmas» holat emasligini va NATO qo‘shini Ukrainaga yuborilishini «istisno qilib bo‘lmasligi»ni aytgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning tashabbusini ma’qullashini bildirgan. «Gap Putin bizdan qo‘rqishi haqida emas, biz Putindan qo‘rqmasligimiz haqida», — deya qo‘shimcha qilgan Sikorskiy.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova «Izvestiya» uchun intervyusida Sikorskiyning gaplari yuzasidan izoh berib, alyans vakili «endi bu holatni inkor etishidan ma’no yo‘qligi»ni aytgan.
- 26 fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropaning 20 mamlakat yetakchilari uchrashuvidan keyingi konferensiyada NATO qo‘shinlari Ukrainaga yuborilishini istisno qilmasligini aytgandi. Shundan keyingi kunlarda g‘arbning qator davlatlari, jumladan AQSh vakillari ham bunday ehtimolni rad etdi. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg esa alyansning bunday rejalari yo‘qligini ma’lum qildi.
- Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Makronning so‘zlariga munosabat bildirib, agar Ukrainada NATO qo‘shini paydo bo‘lsa, Rossiya va alyans o‘rtasidagi to‘qnashuvdan qochib qutulib bo‘lmasligini aytdi.
- 4 mart kuni Makron o‘z so‘zlariga aniqlik kiritib, Fransiya Ukrainaga o‘z harbiy kontingentini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmayotgani, ammo ukrainlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qilish mumkin bo‘lgan barcha ishni o‘ylab ko‘rayotgani va «muhokama qila boshlagani» haqida aytdi. Keyinroq u «nimanidir istisno qilmaslik — buni aniq qilishni anglatmasligi»ni bildirdi.
- 7 mart kuni Fransiya siyosiy partiyalari yetakchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Makron Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasida hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi lozimligini aytdi. Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari sanalgan Dmitriy Medvedev esa bunga javoban «u holda Rossiyada Fransiya bilan munosabatlarda hech qanday qizil chiziqlar qolmasligi»ni bildirdi.
Mavzuga oid
17:21
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026