Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat raisi Nyu-Yorkda Shveytsariya prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining 68-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahrida bo‘lib turibdi.
Foto: Senat axborot xizmati
Tashrif doirasida T.Norboyeva Shveytsariya konfederatsiyasi prezidenti Viola Amerd bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Shveytsariya hamkorligini izchil kengaytirish, shu jumladan siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va texnologik sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ayni paytda Shveytsariya bilan avtomobilsozlik, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik, infratuzilma sohalarida 19 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Uchrashuv davomida mazkur ko‘rsatkichni bir necha barobar oshirish uchun ikkala davlatda ham katta salohiyat va keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
O‘zaro munosabatlarda parlamentlararo aloqalarning muhimligidan kelib chiqib, mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar darajasida aloqalarni faollashtirish, ikki davlat parlamentlarida do‘stlik guruhlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida qator sohalarda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan amaliy takliflar ham ilgari surildi. Xususan, gender tenglik sohasida hamkorlikni rivojlantirish, mazkur yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish muhimligi qayd etildi.
Orol dengizi mintaqasidagi vaziyatni yaxshilash yuzasidan ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirishda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari ham tomonlarning diqqat markazida bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
22:04 / 05.01.2026
Shveytsariya Maduro va uning sheriklarining barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi
15:42 / 05.01.2026
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
08:31 / 04.01.2026