Taşrif doirasida T.Norboyeva Şveytsariya konfederatsiyasi prezidenti Viola Amerd bilan uçraşuv ötkazdi.
Özbekiston va Şveytsariya hamkorligini izçil kengaytiriş, şu jumladan siyosiy muloqotni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va texnologik sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Ayni paytda Şveytsariya bilan avtomobilsozlik, töqimaçilik, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, çorvaçilik, infratuzilma sohalarida 19 ta qöşma loyiha amalga oşirilmoqda. Uçraşuv davomida mazkur körsatkiçni bir neça barobar oşiriş uçun ikkala davlatda ham katta salohiyat va keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Özaro munosabatlarda parlamentlararo aloqalarning muhimligidan kelib çiqib, mazkur yönalişdagi hamkorlik istiqbollari ham körib çiqildi. Xususan, ixtisoslaştirilgan qömitalar darajasida aloqalarni faollaştiriş, ikki davlat parlamentlarida döstlik guruhlarini taşkil etiş yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, uçraşuv davomida qator sohalarda hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan amaliy takliflar ham ilgari surildi. Xususan, gender tenglik sohasida hamkorlikni rivojlantiriş, mazkur yönalişda özaro tajriba almaşiş muhimligi qayd etildi.
Orol dengizi mintaqasidagi vaziyatni yaxşilaş yuzasidan ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oşirişda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytiriş masalalari ham tomonlarning diqqat markazida böldi.













