Jahon | 16:57 / 13.03.2024
20224
5 daqiqa o‘qiladi

Belgorod oblastiga reyd oqibatlari va Kiyevdagi vidolashuv marosimi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 748-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ivanovo oblastida Rossiya aviatsiyasi harbiy-transport samolyoti qulab tushdi. Uning bortida 15 kishi bo‘lgan, hech kim omon qolmagan.
  • Belgorodda dron shahar ma’muriyati binosiga kelib urildi. Ikki kishi jarohat olgan.
  • Ukraina tomonida turib jang qilayotgan rossiyaliklardan iborat qurolli guruh Belgorod va Kursk oblastlarining chegara hududlariga hujum qildi. RF mudofaa vazirligi davlat chegaralari buzib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmagani va hujumlarni qaytarish chog‘ida 234 nafar diversant o‘ldirilgani haqida xabar berdi.
  • Kriviy Rihda ko‘p qavatli turar joy binosi zarbaga uchradi. Besh kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi jarohatlangan, shundan 12 nafari bolalar.
  • Nijyegorod neftni qayta ishlash zavodida (Rossiyadagi eng yirik shunday zavodlardan biri) dronlar hujumi oqibatida yirik yong‘in chiqdi, neftni qayta ishlash qurilmasi o‘chirildi.
  • AQSh ko‘p haftalar ichida ilk bor Ukraina uchun harbiy yordam paketini e’lon qildi, ammo bu yordam hajmi atigi 300 million dollarni tashkil etadi.

Belgorod oblastiga hujum

Ukraina tomonida turib harbiy harakatlarda qatnashayotgan «Rossiyaga ozodlik» legioni, «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» va «Sibir batalyoni» 12 mart kuni Belgorod va Kursk oblastlariga reydlar uyushtirgani haqida xabar berdi. Rossiyalik harbiy muxbirlar ham chegara hududlarda janglar ketayotganini tasdiqlashgan. Rossiya regionlari rahbarlari, FXX va RF mudofaa vazirligi «diversiya guruhlari» va «ukrain terrorchi tuzilmalari»ning chegaradan yorib kirishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatli qaytarilganini ma’lum qilgan. RF mudofaa vazirligi versiyasiga ko‘ra, 234 nafar diversant o‘ldirilib, bir necha tank va BMP yo‘q qilingan. «Rossiyaga ozodlik» legioni esa 13 mart tongida ham o‘z jangchilari Belgorod oblasti hududida qolayotganini ma’lum qilgan.

«Sibir batalyoni» o‘z jangchilari 12 mart tongida Rossiya hududiga kirayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan. Lekin bu videos’yomka haqiqiyligi mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan
Siberian Battalion / Reuters / Scanpix / LETA
RF mudofaa vazirligi esa chegaradagi «Nexoteyevka» nazorat-o‘tkazish punktida olingan kadrlarni namoyish etdi. Ularda 12 mart kuni yakson etilgan zirhli texnikalar aks etgani ma’lum qilingan
RF mudofaa vazirligi / AFP / Scanpix / LETA
Belgorodda 12 mart kuni dron shahar ma’muriyati binosiga urildi. Bino fasadi va kirish joyi shikastlangan, oynalar sinib ketgan
Foto: Belgorod shahri meri Valentin Demidov
Belogorod shahri ma’muriyati binosiga dron hujumi oqibatida to‘rt kishi jarohat olgan. Yaralanganlardan biri meriya xodimi, u o‘rta og‘irlikdagi jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar bergan region rahbari Vyacheslav Gladkov.
Mer Belgoroda Valentin Demidov

Kriviy Rih o‘qqa tutilishi

Rossiya qo‘shini 12 mart kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ona shahri bo‘lmish Kriviy Rih bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Raketa ko‘p qavatli turar joy binosiga urilgan. Besh kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi jarohatlangan, jumladan 12 nafar bola ham.

Ukraina FVDX / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina FVDX
Ukraina FVDX
Ukraina FVDX

Makiyivka o‘qqa tutilishi oqibatlari

Donetsk oblastining Makiyivka shahri «DXR» nazorati ostida. O‘zini o‘zi e’lon qilgan va Rossiya tomonidan anneksiya qilingan respublika muntazam ravishda ukrain qo‘shinini Makiyivkani, jumladan shahardagi aholi yashash kvartallarini o‘qqa tutishda ayblab keladi.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Gurjistonlik ko‘ngillilarning Kiyevdagi dafn marosimi 

Dunyoning ko‘plab davlatlaridan, jumladan Gurjistondan kelgan ko‘ngillilar ham Ukraina tomonida turib jang qilmoqda. 12 mart kuni Kiyevda «Gruzin legioni» jangchilari, 7 mart kungi janglarda halok bo‘lgan 28 yoshli Nodari Nasirovi va 40 yoshli Georgiy Gogiashvili bilan vidolashuv marosimi o‘tkazildi.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid