Ukraina Oliy Radasi Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rim statutini ratifikatsiya qildi. 21 avgust kuni bölib ötgan yiğilişda 281 deputat qarorni yoqladi, bir deputat qarşi, 22 nafari betaraf böldi, 24 nafari ovoz bermadi. Bu haqda deputat Yaroslav Jyeleznyak xabar berdi.

Jyeleznyakning aytişiça, «körib çiqiş jarayonida juda jiddiy muhokama böldi, tarafdorlar ham, qarşilar ham köp edi».

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 avgust kuni Radaga tegişli qonun loyihasini kiritgan edi. 20 avgust kuni hujjat Radaning taşqi siyosat böyiça qömitasi tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Qabul qilingan tuzatişlar matnida ta’kidlanişiça, Rim statuti kuçga kirganidan keyin 7 yil davomida Ukraina öz fuqarolari tomonidan sodir etilgan deb taxmin qilingan harbiy jinoyatlarga nisbatan Xalqaro jinoiy sudning yurisdiksiyasini tan olmaydi.

Ukraina prezidenti devoni rahbari örinbosari Irina Mudraya sözlariga köra, Rim statutining ratifikatsiya qilinişi Ukrainaga Xalqaro jinoiy sudga tölaqonli a’zo böliş, şu jumladan sudyalar va sud prokurori lavozimlariga öz nomzodlarini körsatiş, sud majlisida iştirok etiş, sudyalarni saylaş va sud bilan «samarali hamkorlik qiliş» imkonini beradi. Bundan taşqari, agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin borgan mamlakatlar Rim statutini ratifikatsiya qilgan bölsa, Ukraina ularga murojaat qilişga haqli böladi.

Ukraina 2000 yil 20 yanvarda Rim statutini imzolagan, biroq uni uzoq yillar davomida ratifikatsiya qilmagan. Rim statutini ratifikatsiya qiliş Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan 2014 yilda imzolangan ittifoqdoşlik şartnomasi böyiça majburiyatlaridan biridir.

Xalqaro jinoiy sud 2023 yil martida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order bergan. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravişda deportatsiya qilganlikda gumon etilmoqda. Xuddi şunday ayblov bilan order Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham çiqarilgan.