Jamiyat | 22:19 / 14.03.2024
26970
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 5 ta avtomobil YTHga uchradi

Ahmad Donish ko‘chasidagi ko‘prikda Kinglong mikroavtobusi, Lacetti va 3 ta Cobalt to‘qnashuvi oqibatida 3 nafar haydovchi jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: Kun.uz

Toshkentning Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida soat 19:40 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi.

Lacetti, 3 ta Cobalt va Kinglong rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida 3 nafar haydovchi jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Bu haqda xabar bergan IIV YHXBga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv olib bormoqda.

O‘tgan hafta Olmazor tumani Jarariq ko‘chasida uchta mashina to‘qnashgan, oqibatda haydovchilardan biri vafot etgandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid