O‘zbekiston | 12:48 / 18.03.2024
3981
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zaviatsiya» Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvoz qilishga ruxsat berdi

Qozog‘istoning Qazaq Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish ruxsatnomasini oldi.

Foto: O‘zaviatsiya

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan 2024 yil 13 martda «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Turkiston - Samarqand – Turkiston yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.

Parvozlar DHC-8-402 havo kemasida amalga oshiriladi.

Qazaq Air mintaqalararo aviakompaniya bo‘lib, 2018 yilda tashkil etilgan. U «Samruk-Kazina» milliy jamg‘armasiga tegishli, kompaniya xabi Ostona aeroportida joylashgan. Asosan Qozog‘iston va Rossiya shaharlari o‘rtasida qatnovlar amalga oshiradi.

Mavzuga oid