Yaqin Şarq mintaqasida davom etayotgan harbiy nizo natijasida Bahrayn, Kuvayt, Suriya, Iroq, Eron, Qatar, Isroil, Iordaniya, BAA va Livan davlatlarining havo hududi parvozlar uçun turli muddatlarga yopiqligiça qolmoqda.
Şu sababli 28 fevraldan Özbekiston şaharlaridan Dubay, Şarja, Madina, Doha, Jidda, Tel-Aviv, Tehron, Kuvayt yönalişlarida barça aviaqatnovlar bekor qilingan. Natijada 28 fevral – 2 mart kunlari Kuvayt, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAdan jami 1 681 nafar fuqaro parvoz qila olmagan.
Özbekiston prezidenti topşiriği doirasida Transport vazirligi tomonidan rezident va xorijiy aviakompaniyalar bilan aniq rejalar tuzilib, işlarini muvofiqlaştiriş maqsadida «Özaviatsiya» agentligida 24/7 rejimda işlaydigan ştab taşkil etilgan. Vaziyatning özgaruvçanligi va xorijiy aviatsiya idoralari bilan ötkazilgan muzokaralar yakunlari inobatga olingan holda parvozlarni bajarişda aviakompaniyalar rioya qilişi lozim bölgan talablar ham belgilangan.
Hozirgi kunda rezident va norezident aviakompaniyalar tomonidan 2026 yil 28 fevralgaça jönab ketgan yölovçilarni Özbekistonga qaytariş maqsadida reyslar amalga oşirilmoqda. Bugungi kun holatiga köra, mamlakatimiz rezident aviakompaniyalari tomonidan Madina va Jidda aeroportlaridan 21 ta reys bajarilib, 4 948 nafar yölovçining Özbekistonga olib kelinişi ta’minlandi. Şuningdek, Dubay şahridan 235 nafar yölovçi ham mamlakatimizga olib kelingan.
Reyslar böyiça ma’lumotlarni aniqlaştiriş uçun faqat aviakompaniyalarning vakolatxonalari hamda ularning rasmiy veb-saytlarida körsatilgan telefon raqamlariga murojaat qiliş tavsiya etiladi. Tuşunmovçilik va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş maqsadida tekşirilmagan vositaçilardan saqlaniş lozim.
Yölovçilarga yordam körsatiş uçun «Özaviatsiya» agentligi call-markazi 24/7 işlaydi: +998 (78) 120-00-72, +998 (71) 200-07-65.

















