«Özaviatsiya» agentligi Malayziya, Janubiy Koreya va Misr aviakompaniyalarining Özbekistonga muntazam parvozlariga ruxsat berdi.

Jumladan, Malayziyaning «Air Asia X Berhad» aviakompaniyasiga Kuala-Lumpur—Toşkent—Kuala-Lumpur yönalişida muntazam aviaqatnovlarini amalga oşirişga ruxsat berildi. Parvozlar Airbus A330 samolyotlarida amalga oşiriladi.

Şuningdek, Janubiy Koreyaning «T’way Air» aviakompaniyasiga Seul—Toşkent—Seul yönalişida muntazam aviaqatnovlarni amalga oşirişga ruxsat berildi. Parvozlar Airbus A330 samolyotlarida amalga oşiriladi.

Şu bilan birga, Misrning «Red Sea Airlines» aviakompaniyasiga Şarm-aş-Şayx—Toşkent—Şarm-aş-Şayx yönalişida muntazam aviaqatnovlarini amalga oşirişga ruxsat berildi. Parvozlar Voeing 737 samolyotlarida amalga oşiriladi.