Qozoğistonning Qazaq Air aviakompaniyasi 1 maydan boşlab Ostonadan Samarqandga yangi yönaliş oçadi. Bu parvoz Qozoğistonning Turkiston şahri orqali (tranzit) amalga oşiriladi.
Ostona-Samarqand reysi haftasiga ikki marta: payşanba va yakşanba kunlari amalga oşiriladi.
Parvoz jadvali:
Payşanba kunlari:
IQ369 Ostona 16:15 – Samarqand 20:00
IQ510 Samarqand 21:00 – Ostona 01:30
Yakşanba kunlari:
IQ369 Ostona 07:25 – Samarqand 11:00
IQ510 Samarqand 12:00 – Ostona 15:30
Bundan taşqari, payşanba va yakşanba kunlari Turkiston-Samarqand reysi ham mavjud.
Payşanba kunlari:
Turkiston 19:10 – Samarqand 20:00
Samarqand 21:00 – Turkiston 21:50
Yakşanba kunlari:
Turkiston 10:10 – Samarqand 11:00
Samarqand 12:00 – Turkiston 13:00
Qazaq Air aviataşuvçisi Kanadada işlab çiqarilgan zamonaviy De-Havilland Dash 8-Q400 samolyotlarida parvozlarni amalga oşiradi.












