O‘zbekiston | 13:42 / 19.03.2024
4329
1 daqiqa o‘qiladi

Hokim yordamchilari ko‘magida 206 mingta ish o‘rni yaratildi

2023 yilda hokim yordamchilari ko‘magida 241 ming nafar fuqaroga ijara asosida yer ajratildi. Bu haqda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Shuningdek, 1,6 mln nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olindi. Hokim yordamchilarining tavsiyanomalari asosida 472 mingta loyihaga 10 trln so‘mlik kreditlar ajratildi.

Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 54 mingta "mahallabay" mikroloyihadan 51 mingtasi ishga tushirilib, natijada 206 mingta ish o‘rni yaratildi.

Hokim yordamchilari tomonidan 1,1 mlndan ortiq kambag‘al oilaga individual dasturlar ishlab chiqilib, qisqa davrda bu oilalarning 95 ming nafar ishsiz a’zolari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 36 ming nafariga imtiyozli kredit va 8 ming nafariga subsidiyalar ajratildi.

Mavzuga oid