Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Poytaxtning Shayxontohur tumanida Nexia-3, Lacetti hamda Nexia-2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 23 mart kuni soat 22:30 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida Nexia-3, Lacetti hamda Nexia-2 rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, YTH natijasida Nexia-2 avtomashina yo‘lovchisi tan jarohati olgan, shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026