O‘zbekiston | 11:45 / 29.03.2024
5327
2 daqiqa o‘qiladi

Uchta viloyatda kuchli dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi 

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Z.Ch. xususiy korxonasi savdo do‘konida fuqaro M.Sh. noqonuniy daromad orttirish maqsadida 3 xil turdagi 192 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.A.ga 690 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘kondan yana 22 xil turdagi jami 3 613 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda YaTT  Q.O. “Navo” MFY hududidagi  savdo do‘konida hech qanday hujjatsiz 10 xil turdagi jami 2 200 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda “Sharq” YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Nexia-3 rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro A.I. jami 42 dona “Tropikamid” va “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini hamda o‘tkir hidli mumsimon moddani Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid