Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 15 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ikki kishi jarohatlangan.
Yashnobod tumanida 15 ta avtomashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.
Joriy yilning 4 aprel kuni soat 11:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida yirik yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.



Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, “Kamaz” rusumli tirkamali yuk avtomashinasi hamda 14 ta yengil avtomashina: 3 ta Cobalt, 2 ta BYD, 1 ta Tracker-2, 1 ta Spark, 1 ta Damas, 1 ta Nexia-2, 1 ta Nexia-3, 1 ta Cherry, 3 ta Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
YTH oqibatida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026