Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
«Shunday saodatli damlarga yetkazgani uchun Alloh taologa behisob shukronalar bo‘lsin… Inson qadrini ulug‘laydigan savobli ishlarimiz bardavom bo‘lsin!», deyiladi tabrik so‘zida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yo‘lladi.
Davlat rahbari muqaddas dinimiz buyurgan ibodat va amallarni muborak Ramazon oyida chin dildan, ixlos bilan ado etib, hayit ayyomini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotganlarni, mo‘min-musulmonlarni, xalqni samimiy tabriklab, barchaga yuksak ehtirom va eng ezgu tilaklarni izhor etdi.
«Shunday saodatli damlarga yetkazgani uchun Alloh taologa behisob shukronalar bo‘lsin! Sidqidildan qilgan duo va niyatlarimiz, ehson va amallarimizni Parvardigori olam o‘z dargohida qabul aylasin! Inson qadrini ulug‘laydigan savobli ishlarimiz bardavom bo‘lsin!», deyiladi tabrik so‘zida.
Prezident islom dini – tinchlik, ezgulik va insonparvarlik dini ekanini, muqaddas kitoblarda «Tinchlik-omonlik, o‘zaro do‘stlik va ahillikka intilib yashash – chin mo‘minga xos fazilat» deb ta’kidlanganini eslatdi.
Davlat rahbari bu yil ham Ramazon hayiti munosabati bilan yurtimizda uch kunlik dam olish e’lon qilingani, bu esa bayramni yanada fayzli va mazmunli o‘tkazishga, o‘zaro mehr-muruvvat rishtalarini bog‘lashga xizmat qilishini ta’kidladi.
«Hech shubhasiz, bu boradagi ishlar kelgusida ham davom ettiriladi. Buning uchun hozir dunyoda yuzaga kelgan g‘oyat murakkab va tahlikali vaziyatda diyorimizdagi tinch va osoyishta hayotni ko‘z qorachig‘idek asrab, yanada hamjihat bo‘lib, xalq manfaatini ta’minlashga qaratilgan islohotlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligini, o‘ylaymanki, barchamiz yaxshi anglaymiz», deyiladi tabrik so‘zida.
Prezident yoshlarni azaliy qadriyatlarimiz bilan birga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, Vatan tuprog‘ini ko‘ziga to‘tiyo qilib yashaydigan insonlar etib tarbiyalash asosiy burchimiz ekanini doimo yodda tutishga chaqirdi. «Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz» degan shior asosida ta’lim maskanlari va mahallalarda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish kerakligini ta’kidladi. Bu borada Haj va Umra safarlariga borib kelgan yurtdoshlar «mahalla yettiligi» va faollar bilan birga alohida o‘rnak ko‘rsatish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishini qayd qildi.
«Yaratganning rahmati va mag‘firati ziyoda bo‘lib turgan ushbu munavvar lahzalarda xorijdagi yurtdoshlarimizni, uzoq va yaqin davlatlardagi barcha musulmon ummatini Ramazon hayiti bilan sidqidildan muborakbod etamiz. Qalblarimiz quvonchga to‘lgan mana shu mo‘tabar ayyomda sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Ilohim, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin. Yaratganimizning o‘zi el-yurtimizni panohida asrasin! Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!», deyiladi tabrik so‘zi yakunida.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tatariston O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga jalb etmoqchi
O‘zbekiston | 07:50
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
Mavzuga oid

17:58 / 14.01.2025
Milliy armiyamiz yoshlar uchun mardlik va shon-sharaf maktabiga aylanmoqda - Mirziyoyev

18:37 / 01.10.2024
Komil Allamjonov ustoz va murabbiylarni tabrikladi

21:10 / 30.09.2024
Prezident o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

21:24 / 23.09.2024